» » O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, 2073 taga yetdi

O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, 2073 taga yetdi


O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, 2073 taga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi masjid Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Qizilsoy” mahallasi, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 40-uyda faoliyat olib boradi. Mazkur masjid nomi Hazrati Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu nomlariga qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Muoz ibn Jabal masjidi ochilishi bilan Toshkent viloyatidagi masjidlar soni 226 taga yetib, mamlakat bo‘yicha Samarqand viloyatidan keyin masjidi ko‘p hududga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir oy davomida mamlakatdagi masjidlar soni 3 taga ko‘paydi. Avvalroq Surxondaryo va Toshkent viloyatida yangi masjid ochilgani ma’lum qilingandi.

Shu bilan birga, Samarqandda 7,5 ming namozxonga mo‘ljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют