» » O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi


O‘zbekistonda masjidlar soni 2072 taga yetdi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 20-avgust kuni Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan “Varroq Termiziy” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi.Uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.

Endilikda Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni 115 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi. Keyinroq karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan, masjidlar esa 15-avgustdan so‘ng bosqichma-bosqich ochilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 17-avgustdan boshlab masjidlar har kuni ishlaydi, faqat juma namozi ado etilmaydi.

Avvalroq Samarqandda 7,5 ming namozxonga mo‘ljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantindan keyin masjidlarda jamoat namozlari qay tartibda o‘qilishi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют