» » SpaceX bir oyda 180 ta sun’iy yo‘ldosh uchirib jahon rekordini yangiladi

SpaceX bir oyda 180 ta sun’iy yo‘ldosh uchirib jahon rekordini yangiladi


3-sentabr kuni Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi orbitaga yana 60 ta yangi Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini chiqardi. So‘nggi bir oy ichida SpaceX 180 ta apparat uchirib, tarixda biror-bir kompaniya o‘rnatmagan natijani qayd etdi, deb yozadi Inc.

Bu 2019-yilning mayidan buyon Starlink sun’iy yo‘ldoshlar guruhining orbitaga 12-bor uchirilishi hisoblanadi. Falcon 9 raketa-tashuvchisi Kanaveral sahrosidagi kosmodromdan uchirilgan. Oradan sakkiz daqiqa o‘tgach, raketa-tashuvchi Of Course I Still Love You suzuvchi platformasiga kelib qo‘ngan.

SpaceX’ning tasdiqlashicha, 60 ta sun’iy yo‘ldoshning barchasi orbitaga muvaffaqiyatli chiqqan. Shunday qilib, kompaniya kosmik apparatlarni uchirish tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Starlink’ning 58 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat oldingi partiyasi 18-avgust kuni uchirilgandi.

Ayni vaqtda Yer orbitasida 650 ta SpaceX kosmik apparatlari uchib yuribdi. Sentabr oyiga yana ikkita parvoz rejalashtirilgan.

Kompaniya o‘ta yuqori tezlikdagi internetni ta’minlash uchun orbitaga yana 42 mingta Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishi kerak. Loyihani amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan investitsiya miqdori 10 milliard dollarga baholangan.

Boshqa kompaniyalar ham xuddi shu kabi dastur ustida ish olib bormoqda. Masalan, Britaniyaning OneWeb kompaniyasi orbitaga 74 ta sun’iy yo‘ldoshni uchirishga uringan yoki Amazon kompaniyasi Aloqa bo‘yicha federal komissiyadan 3,2 ming dona Kuiper sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun ruxsat olgan.

Avvalroq Ilon Maskning global internet tezligi test vaqtida 11—60 Mbit/soniya ko‘rsatkichni qayd etgandi.

Mavzuga doir: SpaceX tarixda birinchi bor bitta raketa-tashuvchini olti marotaba uchirishga erishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют