» » Habibning murabbiyi: “Habib va Konor o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishiga ishonaman”

Habibning murabbiyi: “Habib va Konor o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishiga ishonaman”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes shogirdi va Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jangi o‘tkazilishiga ishonishini aytdi.

“Habib chempion, agar Konor xohlasa, nega endi jang bo‘lmasligi kerak? Ularning jang qilmasligiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim. Bu ularning ishi, to‘g‘rimi? Ko‘proq pul topishning yo‘li.

Menimcha, hamma xuddi avvalgidek bu jangni xohlamoqda. Aks holda buning uchun kim ham shuncha pul sarflardi? Mana nima uchun UFC revanshni tashkil qilishiga ishonyapman”, — deydi Mendes.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov otasining maslahati va Konor Makgregorga qarshi jangini yodga oldi (foto)

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi dastlabki jang 2018-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgandi. Jangning to‘rtinchi raundida Habib raqibiga og‘ritish usulini qo‘llab, g‘alaba qozongandi.

Rossiyalik yakkakurashchi 24-oktabr kuni kamar himoyasi uchun Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor ishtirokidagi barcha janglar videosi bu yerda (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют