» » Namangandagi masjidlarda 6 oylik tanaffusdan so‘ng juma namozi o‘qildi (foto)

Namangandagi masjidlarda 6 oylik tanaffusdan so‘ng juma namozi o‘qildi (foto)


Namangan viloyatidagi masjidlarda 4-sentabr kuni deyarli yarim yillik tanaffusdan so‘ng juma namozi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Buning uchun viloyatdagi 184 ta masjidda puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Ularning barchasi dezinfeksion to‘shaklar, tana haroratini o‘lchaydigan qurilmalar, antiseptik vositalar bilan ta’minlandi.

Masjidlarda ijtimoiy masofalanishga imkon berish uchun ajratuvchi chiziqlar tortildi.

Namozxonlar ibodatga tibbiy niqobda kelishiga e’tibor qaratildi. Buni yoddan chiqarganlar uchun esa niqob berilishi yo‘lga qo‘yildi.

“Oradan deyarli 6 oy vaqt o‘tib masjidimizda juma namozi o‘qildi. Uch asrdan ortiq tarixga ega va 5 ming kishini sig‘dira oladigan masjidimiz nafaqat Namanganda, balki butun Markaziy Osiyoda ham dovruq qozongan. Bugungi duolarimizda namozxonlarning masjidlarga kelishlari bardavom bo‘lishini so‘radik”, — deydi Kosonsoy tumanidagi “A’loxon Maxdum” jome masjidi imom-xatibi Qodirxon Azizov.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida 2020-yil 13-mart kuni oxirgi marta juma namozi o‘qilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют