» » Toshkent viloyatida YTHga uchragan avtomobillarni namoyish etuvchi targ‘ibot avtokarvoni tashkil etildi

Toshkent viloyatida YTHga uchragan avtomobillarni namoyish etuvchi targ‘ibot avtokarvoni tashkil etildi


Toshkent viloyati hududida 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida 390 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Ularning sonini kamaytirish, yo‘l harakati qoidalarini keng ko‘lamda targ‘ib qilish maqsadida viloyat hududida targ‘ibot avtokarvoni tashkil etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Targ‘ibot avtokarvoniga yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari, “Vatanparvar” o‘quv tashkilotining mutaxassislari biriktirildi. Ular oldiga harakat ishtirokchilariga tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yo‘l transport hodisalarining oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni aniq misollar yordamida tushuntirib berish vazifasi qo‘yildi.

Targ‘ibot avtokarvoniga jalb etilgan maxsus evakuator avtomobillariga qoidabuzarliklarning ayanchli manzarasi aks etgan transport vositalari ko‘rgazma sifatida yuklandi.

Targ‘ibot avtokarvoni dastlab patrul avtomobillari kuzatuvida Nurafshon va Olmaliq shahri ko‘chalari bo‘ylab aylandi, aholi gavjum joylarda to‘xtadi. Yig‘ilganlarga tadbir maqsadi tushuntirildi. Yuk avtomobillariga ilingan bannerlar esa haydovchi va yo‘lovchilarni yanada hushyor, sergak va intizomli bo‘lishga da’vat etdi.

Ta’kidlanishicha, navbatdagi manzil Qibray, Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlari bo‘ldi. Targ‘ibot avtokarvoni shahar va tuman ko‘chalarini aylanib, ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortdi.

Avvalroq xuddi shunday avtokarvon Namangan viloyatida tashkil qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют