» » Qarshi shahri bo‘ylab targ‘ibot avtokarvoni yurib o‘tdi (foto)

Qarshi shahri bo‘ylab targ‘ibot avtokarvoni yurib o‘tdi (foto)


31-may–1-iyun kunlari Qarshi shahrida targ‘ibot avtokarvoni harakatlandi. Shahar bo‘ylab harakatlangan targ‘ibot avtokarvoni 40 kilometrlik masofani bosib o‘tish davomida aholiga yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilmaslik oqibatlari xususida so‘z yuritib, YTH natijasida qo‘rqinchli holga kelgan avtotransport vositalarini namoyish etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

— Mazkur tadbir Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining 2019-yil 16-maydagi rejasiga asosan o‘tkazilayotgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad piyodalarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilishini kuchaytirish hamda bevaqt, ko‘ngilsiz yo‘l transport hodisalarining oldini olishdan iborat, — deydi viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev.

“Daryo” muxbiriga ko‘ra, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosidan yo‘lga chiqqan targ‘ibot avtokarvoni dastlab “Sohilbo‘yi” dam olish maskanida to‘xtab, aholi va yo‘lda harakatlanayotgan piyodalar bilan suhbat olib bordi. Harakat ishtirokchilariga yo‘l harakati qoidalaridagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab berib, ko‘ngilsiz yo‘l transporti hodisalarining oldini olishga chaqirdi.

Targ‘ibot avtokarvoni harakati davomida shahardagi “Vatanparvarlar” bog‘i va “Alisher Navoiy” istirohat bog‘larida ham to‘xtab, shahar aholisini yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilishga chorladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Targ‘ibot avtokarvoni” va “Ta’til” tadbirlari 31-avgustga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют