» » Seuldagi prezident kompleksida KXDR targ‘ibot varaqalari topildi

Seuldagi prezident kompleksida KXDR targ‘ibot varaqalari topildi


Koreya Respublikasi prezidentining Seuldagi qarorgohi Chxonvade hududida KXDR targ‘ibot varaqalari topildi. Bu haqda 16-oktabr, dushanba kuni obyekt xavfsizlik xizmati vakillari Yonhap agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Kompleks hududi va unga tutash ko‘chalardan kichikroq formatdagi o‘nlab varaqalar topilgan. Ularda Janubiy Koreya AQSh bilan harbiy ittifoq uchun tanqid qilingan.

Xavfsizlik xizmati vakillarining fikricha, targ‘ibot materiallari Moviy uy hududiga KXDR Janubga muntazam uchiradigan havo sharlaridan tushgan.

“Varaqalar yig‘ib olingan. Hodisa tafsilotlarini aniqlash bilan tegishli organlar shug‘ullanadi”, — deydi xavfsizlik xizmati vakili.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют