» » Turkmanistonning Sarhadobod shahrida pista terishga jo‘natilgan 11 nafar askar halok bo‘ldi

Turkmanistonning Sarhadobod shahrida pista terishga jo‘natilgan 11 nafar askar halok bo‘ldi


Turkmanistonning Sarhadobod shahrida Taxtabozor chegara otryadining 11 nafar shoshilinch xizmat askari halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa 2-sentabr kuni 40 nafar harbiy xizmatchi harbiy yuk mashinasida pista hosilini terish uchun ketayotgan paytda yuz bergan. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa yuz bergan joy tik qiyali va yo‘llari yomon tepalik bo‘lgan. Og‘ir yuk mashinasi nima sababdan yo‘ldan chiqib ketgani va ag‘darilgani hozircha noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan yoki mashinada nosozlik yuzaga kelgan. Biroq 11 nafar askar halok bo‘lgan, omon qolganlar orasida jarohatlanganlar ko‘p.

Askarlarning halok bo‘lgani haqida hech qanday rasmiy xabar berilmagan. Mahalliy aholi hodisa haqida xabardor, biroq uni o‘zaro muhokama qilmaydi.

Qayd etilishicha, nima sababdan shoshilinch xizmat askarlari pista terishga jo‘natilgani noma’lum. Butun mamlakatda paxta terilgani kabi pista terish bo‘yicha ham yuqoridan buyruq kelgani yoki bu qo‘mondonlarning buyrug‘i ekanligi ma’lum emas.

Mavzuga doir: Berdimuhamedov otishma mashqlari uyushtirib, qarsaklar ostida nishonni aniq urdi va pulemyotdan bochkalarni portlatdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют