» » O‘zbekistonda o‘tkazilgan “ArMI—2020” o‘yinlari tanlovining yopilish marosimlari o‘tkazildi. O‘zbekistonlik harbiylar Gentra bilan taqdirlandi (foto)

O‘zbekistonda o‘tkazilgan “ArMI—2020” o‘yinlari tanlovining yopilish marosimlari o‘tkazildi. O‘zbekistonlik harbiylar Gentra bilan taqdirlandi (foto)


O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga harbiy xizmatchilari Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Forish” tog‘ poligonida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta”, Qo‘qonda esa “Yo‘l patruli” tanlovlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 4-sentabr kuni musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishida 12 857 ball bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy tibbiyotchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Rossiyalik harbiylar 10 110 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Belarus jamoasiga esa 6585 ball bilan 3-o‘rin nasib etgan. Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi – Tojikiston, Vyetnam va Falastin.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev ishtirok etdi.

Shuningdek, Qo‘qonda ham “Yo‘l patruli” tanlovi ishtirokchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati xodimlari jamoasi birinchi, Rossiya ikkinchi, Belarus esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro musobaqaning tantanali yopilish marosimlari katta konsert dasturi va mushakbozlik bilan yakunlandi. Taqdirlash marosimida g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, Gentra avtomobili bilan rag‘batlantirildi.

Bunga qadar o‘zbekistonlik harbiylar “ArMI—2020” musobaqalarining “Sodiq do‘st” tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 3—17-avgust kunlari 10 ta davlat hududida “ArMI–2019” xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. Jizzaxdagi “Forish” poligoni birinchi bor “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishiga mezbonlik qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 01:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют