» » O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining yana ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)

O‘zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o‘yinlarining yana ikki yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)


31-avgust kuni “Forish” tog‘ poligonida “ArMI—2020” VI xalqaro armiya o‘yinlari “Harbiy-tibbiy estafeta”, Qo‘qonda esa “Yo‘l patruli” tanlovining so‘nggi shartlari yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Harbiy-tibbiy ko‘pkurash musobaqasi shartiga ko‘ra, ishtirokchilar to‘siqlardan o‘tish, yaradorlarni jangovar texnikadan xavfsiz hududga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yaradorlarni suvli to‘siqdan olib o‘tish va evakuatsiya qilinadigan texnikaga joylashish kabi mashqlarni bajardi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, erkaklar bahslarida O‘zbekiston jamoasi 2572 ball bilan “Jamoaviy birinchilik” bosqichida tengsiz topildi. Asosiy raqobatchilar – rossiyaliklar 1513 ball to‘plab, finishda ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda Belarus jamoasi – 814 ball.

Ayollar orasida ham o‘zbekistonlik harbiylar 1642 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya jamoasida 1452 ball. Belaruslar esa — 554 ball bilan kuchli uchlikda.

Navbatdagi shartni ham o‘z foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik harbiy tibbiyotchilar 2019-yilda “Forish” tog‘ poligoni ilk bor mezbonlik qilgan “Harbiy-tibbiy estafeta”ning “Jamoaviy birinchilik” bosqichida o‘rnatilgan 07 daqiqa-yu 35,9 soniya (erkaklar) va 11 daqiqa-yu 35,6 soniya (ayollar) vaqtlik rekordlarni mos ravishda yangiladi: 6 daqiqa-yu 28,8 soniya va 10 daqiqa-yu 09,2 soniya.

Shu bilan “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Barcha shartlar bo‘yicha to‘plangan umumiy natijaga ko‘ra, 12 857 ball bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin 10 110 ball bilan Rossiya harbiylariga nasib etgan bo‘lsa, Belaruslar 6585 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi – Tojikiston, Vyetnam va Falastin.

Shuningdek, Qo‘qon mezbonlik qilgan “Yo‘l patruli” bahsida ham O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Mudofaa vazirligi harbiylari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va bu natija O‘zbekiston jamoasining musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati xodimlari jamoasi birinchi, Rossiya —  ikkinchi, Belarus esa — uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bunga qadar o‘zbekistonlik harbiylar “ArMI—2020” musobaqalarining “Sodiq do‘st” tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 3—17-avgust kunlari 10 ta davlat hududida “ArMI–2019” xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. Jizzaxdagi “Forish” poligoni birinchi bor “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishiga mezbonlik qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют