» » O‘zbekistonlik minomyotchilar xalqaro tanlovni bronza medali bilan yakunladi

O‘zbekistonlik minomyotchilar xalqaro tanlovni bronza medali bilan yakunladi


Qozog‘istonning “Otar” bazasi poligonida 13-avgust kuni minomyotchilar hisobi o‘rtasida o‘tkazilgan “Artilleriya olovi ustalari” xalqaro tanlovining yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Qozog‘iston jamoasi olgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Rossiyaga nasib etgan. Tanlovda Armanston, Belarus, Venesuela, Ozarbayjon, Zimbabve, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Suriya, Tojikiston va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etgan.

O‘zbekistonlik minomyotchilar birinchi va ikkinchi bosqichlardagi natijalariga ko‘ra, Ozarbayjon va Belarus jamoalari bilan bir qatorda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

So‘nggi “Estafeta” bosqichida esa Qozog‘iston va Rossiya jamoalari birinchi va ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar esa kuchli uchlikka kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, 13-avgust kuni Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida O‘zbekiston jamoasi “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi divizionidagi yarim final bahslarida yuqori natija ko‘rsatib, final bosqichga chiqdi.

Joriy yilda ilk bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik tankchilar ikkinchi divizionning 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final bahslarida birinchilik uchun kurashadi. Birinchi divizion g‘oliblari esa 17 avgust “ArMI—2019” xalqaro armiya o‘yinlarining yopilish kunida aniqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют