» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari xalqaro musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari xalqaro musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 24—29-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida MDHga a’zo mamlakatlar do‘stona armiyalarining oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib qaytdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga xabar berdi.

Xalqaro harbiy musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus Respublikalaridan jami 170 nafar kursant ishtirok etdi. Kursantlar o‘rtasida birinchi marta o‘tkazilgan xalqaro sport o‘yinlari Ikkinchi jahon urushining 75 yilligiga bag‘ishlandi.

Ishtirokchilar futbol, harbiylashgan kross, sport oriyentirlashi, qo‘l jangi va pnevmatik miltiqdan aniq nishonga otish bo‘yicha bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, rossiyalik kursantlar 1-o‘ringa, qozog‘istonlik ishtirokchilar 2-o‘ringa va o‘zbekistonlik harbiylar 3-o‘ringa sazavor bo‘ldi.

Yakkalik bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:

– Futbol – 1-o‘rin – Rossiya, 2-o‘rin – Qozog‘iston, 3-o‘rin – O‘zbekiston;

– Harbiylashgan kross – 1-o‘rin – Qozog‘iston, 2-o‘rin – O‘zbekiston, 3-o‘rin – Qirg‘iziston;

– Qo‘l jangi – 1-o‘rin – Rossiya, 2-o‘rin – O‘zbekiston, 3-o‘rin – Qozog‘iston;

– Pnevmatik miltiqdan aniq nishonga otish – 1-o‘rin – Qozog‘iston, 2-o‘rin – Rossiya, 3-o‘rin – Belarus (O‘zbekiston 4-o‘rinda);

– Sport oriyentirlashi – 1-o‘rin – Rossiya, 2-o‘rin – Qozog‘iston, 3-o‘rin – Belarus (O‘zbekiston 4-o‘rinda)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют