» » O‘zbek kursantlari Xalqaro fan olimpiadasidan yana sovrin olib qaytdi (foto)

O‘zbek kursantlari Xalqaro fan olimpiadasidan yana sovrin olib qaytdi (foto)


Joriy yilning 19—25-aprel kunlari Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari jamoasi MDHga a’zo davlatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan matematika fani bo‘yicha Xalqaro olimpidada faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Qozog‘istonning Karaganda davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur nufuzli fan olimpiadasida O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus hamda Rossiya Federatsiyasidan 7 ta jamoa ishtirok etib, kursantlarning oliy matematika borasidagi bilimlari 3 ta turda sinovdan o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Rossiya Federatsiyasi, 2-o‘rinni Qozog‘iston Respublikasi hamda 3-o‘rinni o‘zbekistonlik kursantlar egalladi.

Ta’kidlash kerakki, 2018-yildan mazkur fan olimpiadasining bir nechta yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari yuqori natijalarni qayd etib kelyapti. O‘tgan yili aprel oyida Olmaotada bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadaning matematika yo‘nalishida qatnashgan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari ham uchinchi o‘rinni qayd etgan edi. Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari esa MDHga a’zo mamlakatlarning harbiy bilim yurtlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan fan olimpiadasida 2019-yildan ishtirok eta boshladi.

Sovrin bilan O‘zbekistonga qaytib kelgan kursantlar 26-aprel kuni kechqurun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Akademiya jamoasi, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют