» » O‘zbekiston minomyotchilari xalqaro tanlovdagi ishtirokini ishonchli boshladi (foto)

O‘zbekiston minomyotchilari xalqaro tanlovdagi ishtirokini ishonchli boshladi (foto)


7-avgust, chorshanba kuni Qozog‘istondagi “Otar” 40-harbiy bazasi poligonida minomyotchilar hisobi o‘rtasida “Artilleriya olovi ustasi”, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari majmuasining taktik hisobi bo‘yicha “Lochin ovi” hamda aloqa qo‘shinlari mutaxassislari o‘rtasida “Ishonchli usul” tanlovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga xabar beradi.

O‘zbekiston joriy yilda ikkinchi bor “Artilleriya olovi ustasi” xalqaro tanlovida ishtirok etmoqda. 2018-yili o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘zbekistonliklar ilk bor qatnashganiga qaramay, mamlakat sha’nini munosib himoya qilib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Joriy yilda esa g‘oliblik uchun Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Venesuela, Zimbabve, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Suriya, Tojikiston va O‘zbekiston jamoalari kurashadi.

Qur’a tashlash marosimidan so‘ng, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi “3-qizil” rang bilan, birinchi va ikkinchi individual hisoblar bo‘yicha 1-navbatda qatnashadi (“Tungi sprint” va “Individual poyga”), estafetada esa 2-navbatda.

Shuningdek, barcha jamoalar o‘rtasida “Individual poyga” bo‘yicha 1-bosqichning dastlabki yo‘nalishi hamda “Tungi sprint”ning 2-bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

“Individual poyga”da ishtirokchilar 4 kilometr masofani bosib o‘tishi va birinchi doirada 2B11 minomyoti hamda PKT pulemyotidan o‘t ochish mashqlarini bajardi. Ikkinchi doirada esa 2B11 minomyoti, RPG-7V granatomyoti hamda AK-74 avtomatidan o‘t ochishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ldi.

Har bir doirada minomyot hisoblari bir xil pozitsiyadan otishi, biroq turli nishonlar va to‘siqlarni bosib o‘tishi kerak edi. To‘siqlarni bosib o‘tish natijalari dala arbitri tomonidan vizual kuzatish, shuningdek, statsionar video qayd etish vositasi orqali aniqlanmoqda.

O‘zbekistonlik minomyotchilar “Individual poyga”ning 1-bosqichida dastlabki hisob jamoalari bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. Hozircha Qozog‘iston jamoasi yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda esa Rossiya jamoasi bormoqda. “Tungi spirnt”da esa O‘zbekiston jamoasi 4-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston minomyotchilari keyingi bosqichlarda ishtirok etishga va faqat g‘alaba qozonishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют