» » “Real” futbolchisi Brahim Dias “Milan”ga yo‘l oldi

“Real” futbolchisi Brahim Dias “Milan”ga yo‘l oldi


“Real” hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda milanliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Italiyalyan klubi 21 yoshli futbolchini 2021-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga oldi. Brahim yangi jamoasida 21-raqam ostida harakat qiladi.

Ta’kidlash joiz, ijara shartnomasida sotib olish huquqi haqidagi band bo‘lmaydi.

Brahim 2019-yilning yanvarida “Manchester Siti”dan madridliklar safiga qo‘shilgandi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda “Real” safida o‘nta o‘yin o‘tkazib, bitta golga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют