» » O‘zbekiston meva-sabzavotlari Buyuk Britaniyaga eksport qilinishi mumkin

O‘zbekiston meva-sabzavotlari Buyuk Britaniyaga eksport qilinishi mumkin


O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksport qilinishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Durdona Ochilovaga tayanib, “Kun.uz” xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra 3-sentabr kuni “O‘zdavkarantin” hamda Buyuk Britaniya atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi (DEFRA) vakillari ishtirokida videokonferensiya tarzida muloqot o‘tkazilgan.

Muloqotda fitosanitariya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

“Videokonferensiya doirasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Buyuk Britaniya bozorlariga olib kirish uchun qo‘shimcha fitosanitariya ruxsatnomalarini berish va inspeksiyaning ilmiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniya tomoni O‘zbekistonda fitosanitariya sohasida olib borilayotgan islohotlarni ijobiy baholadi. Xususan, so‘nggi yillarda bu sohada erishilayotgan natijalarga to‘xtalib, O‘zbekistonning Xalqaro o‘simliklarni himoya qilish konvensiyasiga qo‘shilishi, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgani va bu orqali mamlakatda o‘simliklar karantini sohasining yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi”, – deyiladi “O‘zdavkarantin” xabarida.

Onlayn muloqot yakunida britaniyalik mutaxassislarning O‘zbekistonda qo‘llaniladigan fitosanitariya choralari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, anor, gilos, olxo‘ri, nektarin, shaftoli, xurmo, olma, nok, uzum, limon, achchiq qalampir va pomidor kabi jami 12 ta mahsulotni Buyuk Britaniya bozorlariga eksport qilish mumkinligi aytilgan.

Ma’lumot uchun, har bir eksportyor O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga olib kirish uchun REASN – Buyuk Britaniya bog‘dorchilik inspeksiyasi veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston hududlarida o‘simliklar karantini laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar ajratilishi masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, ilmiy fitosanitariya sohasida ham ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olingan.

2019-yil noyabr oyida O‘zbekistonning Xitoyga 12 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportiga ruxsat olishga erishgani, qo‘shimcha ravishda 15 ta mahsulotlar eksportiga ruxsat olish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani haqida xabar berilgandi. 2020-yilning aprel oyida O‘zbekistonda eksport hajmini oshirish maqsadida Hindistonga 37 xil, Janubiy Koreyaga 36 xil, Yaponiyaga 64 xil, Xitoyga 14 xil meva-sabzavotlarni eksport qilishga ruxsat olindi. Bundan tashqari, mazkur mamlakatlarga yana 56 xil mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют