» » Fernandu Santush: “Ronalduning yaxshi formada ekanligiga katta shubham bor”

Fernandu Santush: “Ronalduning yaxshi formada ekanligiga katta shubham bor”


Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush  jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati haqida gapirdi.

Uning yaxshi formada ekaniga menda ayrim shubhalar bor. Krishtianu dushanba va seshanba kunlari ajoyib darajada shug‘ullandi, biroq chorshanba kuni oyoq kaftida og‘riq sezdi. O‘shanda uni mashg‘ulotlar zaliga olib o‘tish qaroriga keldik.

Tushdan so‘ng uning barmog‘ida qizarish va qizish yuzaga keldi, ari chaqqan ekan. Bu jarohat emas, infeksiya.

Shundan keyin Ronaldu antibiotik qabul qildi, hozirda uning holati yaxshi. O‘yin oldidan uning 100% tayyor bo‘lishiga menda juda katta shubha bor.

Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi

Portugaliya terma jamoasi 5-sentabr kuni Xorvatiyaga qarshi bahs olib borsa, 8-sentabrda Shvetsiyaga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют