» » Buxoroda intensiv bog‘ yaratishni maqsad qilgan tadbirkor muammosi hal etildi

Buxoroda intensiv bog‘ yaratishni maqsad qilgan tadbirkor muammosi hal etildi


“Daryo”da “Buxoroda tadbirkorga intensiv bog‘ yaratish uchun salkam 12 gektar yer berildi. Biroq paxtani sug‘orish lozimligi aytilib, suv berilmayapti” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Mazkur maqolaga munosabat bildirgan Peshku tuman hokimligining ma’lum qilishicha, tadbirkorning muammosi hal etilgan.

Ta’kidlanishicha, mas’ullar 2020-yil 3-sentabr kuni tumanning chekka hududi — “O‘zbek” mahallasida joylashgan “Aloqa sifat savdo” MChJga tegishli 11,6 gektar yer maydoniga borgan. Holatga Peshku tuman Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi Farhod Bobojonov, Bosh vazir qabulxonasi tuman bo‘limi xodimi O‘ktam Rajabov hamda tuman Suv iste’molchilari uyushmasi raisi Davron Saidov tomonidan aniqlik kiritilgan.

Peshku tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Rustam Ergashevning bildirishicha, tadbirkor Afzal Xoliqov muammosi o‘sha kuni hal etilgan.

“‘Daryo’da peshkulik tadbirkor murojaati yuzasidan e’lon qilingan maqoladan so‘ng, aniqrog‘i, 2020-yilning 31-avgust kunidan boshlab tadbirkorning intensiv bog‘ yaratish uchun ajratilgan yer maydoniga suv berila boshlangan. Bugungi kunga kelib mazkur yer maydonining bir qismi sug‘orilgan va sug‘orish ishlari tuman suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan nazoratga olingan”, — deydi Rustam Ergashev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют