» » IIV qanday holatlarda abituriyent imtihondan chetlatilishini eslatib o‘tdi

IIV qanday holatlarda abituriyent imtihondan chetlatilishini eslatib o‘tdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi abituriyentlarga qay holatlarda imtihondan chetlatilish mumkinligini eslatib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizomda test topshirish tartib-qoidalari belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa, u imtihondan chetlashtiriladi.

Shu bilan birga, test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, ularni binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, jarayonda videokuzatuv orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa ham testdan chetlashtirilishi va uning natijasi chiqarilmasligi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarning ilk kunida 59 nafar abituriyent, ikkinchi kuni esa 115 nafar abituriyent testdan chetlashtirilgani, kirish imtihonlarining birinchi kunidayoq telefondan foydalanish holatlari kuzatilgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют