» » “Real” yana bir marta maoshlarni qisqartirmoqchi

“Real” yana bir marta maoshlarni qisqartirmoqchi


“Real” koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining ish haqini ikkinchi marta qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ESPN xabar beradi.

Ta’kidlanishicha, klub rahbariyati shu yo‘l bilan inqiroz ko‘lamini biroz bo‘lsa-da pasaytirmoqchi.

Qayd etish joiz, “Real” aprel oyida ham futbolchi va murabbiylar maoshlarini qisqartirgandi.

Xabarda aytilishicha, xavotirga soladigan qo‘shimcha omil — bu La Liga rahbariyatining stadionlarga muxlislarning kirishiga yo‘l qo‘ymayotganidir. Bu o‘z navbatida qo‘shimcha mablag‘ tanqisligiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Madrid klubi 2019/20-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют