» » “Real” La Liga chempionligidan keyin “Chelsi”ga 15 million funt to‘laydigan bo‘ldi

“Real” La Liga chempionligidan keyin “Chelsi”ga 15 million funt to‘laydigan bo‘ldi


Londonning “Chelsi” klubi “Real”ning La Ligadagi g‘alabasidan Eden Azar uchun bonus oladi, deya xabar bermoqda ESPN.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi “Real” dan 10—15 million funt sterling oladi, chunki Azarning shartnomasiga Madrid klubining Ispaniya chempionatidagi g‘alabasi uchun bonuslar to‘g‘risida band kiritilgan.

“Real” Azarni 2019-yilning iyun oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. “Real” bu transfer uchun bonuslar bilan hisoblaganda, taxminan, 130 million funt sterling sarflagan.

Belgiyalik futbolchi La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Qayd etish joiz, Azar jarohati tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Mavzuga doir: Ramosdan Azargacha. Joze Mourinyo bilan murosa qilolmagan futbolchilar haqida

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют