» » Rossiyada xorijga aviareyslar ochilishi koronavirus tarqalishining avj olishiga sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi

Rossiyada xorijga aviareyslar ochilishi koronavirus tarqalishining avj olishiga sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi


Rossiyada xalqaro aviaqatnovlarning ochilishi yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish statistikasining sezilarli darajada yomonlashishiga olib kelmadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Hozircha buni qayd etmayotgan bo‘lsak-da, xavfsizlik choralari baribir ko‘rilmoqda”, — deydi vazir.

Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish holati barqaror va ijobiy dinamikaga ega. Vazir bunga mamlakatdagi tibbiyot tashkilotlarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi uch oy ichida ikki barobarga kamayganini misol qilib keltirgan. Shunga qaramay, statsionarlarda 90 ming bemor davolanishni davom etmoqda, ularning 2,5 mingdan ortig‘i — reanimatsiyada, o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlariga ulangan.

Vazirning ta’kidlashicha, ijobiy dinamikaga qaramay, 30 ta viloyatida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Birinchi navbatda bu smenali ishchilar ko‘p bo‘lgan shimoliy mintaqalardir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozircha Rossiyada qayta kasallanish holatlari qayd etilmagan, xorijda esa pandemiya boshlanganidan buyon bu kabi holat bir marotaba aniqlangan.

Rossiyada koronavirus bilan qayta kasallanish holati bo‘yicha 24-avgust kuni Tuva rahbari Sholban Karaol ma’lum qilgandi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi esa qayta kasallanishni tasdiqlamagan.

Mavzuga doir: Moskva meri shaharda koronavirus epidemiyasi kuzda qayta avj olishini taxmin qildi

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklagan. Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiyadan muntazam reyslar orqali kelgan yo‘lovchilar salbiy COVID-19 test natijalariga ega bo‘lsa, termometriyadan o‘tishi va anketani to‘ldirishi, 14 kunlik o‘zini izolyatsiya qilish majburiyati qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют