» » Shota Arveladze: “Buxoro” nemischa uslubda o‘ynamoqda, uni yorib o‘tish qiyin

Shota Arveladze: “Buxoro” nemischa uslubda o‘ynamoqda, uni yorib o‘tish qiyin


“Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida “Buxoro”ga qarshi kechgan o‘yindagi yirik g‘alabadan keyin (4:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Murabbiy almashganidan keyin “Buxoro”ning o‘yinida o‘zgarishlar bo‘ldi. Jamoa ancha tartibli o‘ynay boshladi. OKMK bilan ajoyib o‘ynab durang qayd etdi, “Mash’al”ga qarshi bahsda kutilmagan bitta gol o‘tkazib yubordi. “Buxoro” O‘zbekiston uchun kamdan-kam uchraydigan taktikada o‘ynaydi — 5-2-3. Biroz nemischa uslub. Bunday taktikani yorib o‘tish qiyin bo‘ladi. Biz yigitlarga bunga qarshi qanday o‘ynash kerakligini tushuntirdik. Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ikkita gol urdik. Ikkinchi taymda biroz tempni tushirdik, ammo vaziyatlardan foydalanib ikkita gol urdik. Shu orada raqib ham 2-3 marta qarshi hujumga o‘tdi.

Umuman olganda qiyin bahs bo‘ldi. Bahsdan oldin tartib juda ham muhim ekanligini tushuntirdim. Tanaffusdan keyin oltita o‘yin o‘tkazdik va eng qiyin taqvim bizniki edi. Yigitlar har uch kunda o‘ynamoqda. Ular robot emas, ammo chiroyli o‘yin namoyish etmoqda.

Sadriddin Abdullayev, Javohir Sidiqov va Akrom Komilov yaxshi formaga kirib bormoqda. Ba’zi futbolchilar asosiy tarkibda tushmoqda, ba’zilari zaxiradan tushmoqda. Raqobat bor, rotatsiya bor. “Paxtakor” yaxshi o‘ynashi, g‘alaba qozonishi, ochko olishi va oldinga intilishi uchun barcha harakat qilmoqda.

Chempionat markazlashgan holda davom etishi kerakmi? Bilasizmi, hozir o‘z fikrimni aytishni boshlasam ba’zida noto‘g‘ri tushunishadi. Rahbariyat qanday qaror qilsa, shunday. O‘FA va PFLda mamlakatda nima bo‘layotganini bizdan yaxshi biladiganlar bor. Dastlabki restartni u qadar yaxshi o‘tkaza olmadik. Barcha klublarda virus chiqdi, buni oldini olish mumkin edi. Biz kamida ikki hafta davomida Qatarda bo‘lamiz. PSJ, “Chelsi” kabi klublarda 3-4 futbolchida virus chiqayotganini o‘qiyapmiz. Mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda Superligani qanday davom ettirish haqida qaror qabul qilingani yaxshi. Bilishimcha so‘nggi to‘rtta tur xuddi birinchi davradagi kabi markazlashgan holda o‘tkaziladi.

Hozirda Dragan Cheranning joyida o‘ynaydigan futbolchi olishning imkoni yo‘q. Ammo Sidiqov hujumchi ortida o‘ynay olishini bilasiz. Sidiqovning sevimli joyi aynan hujumchi ortida o‘ynash ekanligini ham ta’kidlashni istardim.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

“Paxtakor” 15-turdan keyin 38 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют