» » Reper Kanye Uest sovg‘a uchun Rossiya yo‘ltanlamasini sotib oldi

Reper Kanye Uest sovg‘a uchun Rossiya yo‘ltanlamasini sotib oldi


Amerikalik hip-hop qo‘shiqchi Kanye Uest o‘zining Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sherp” yo‘ltanlamaslariga bo‘lgan qiziqishi bilan tanilgan. U Vayomingdagi ranchosiga borish uchun ikkita shu turdagi mashinadan sotib olgan, 2020-yil boshida esa ulardan o‘zining Yeezy krossovkalari kampaniyasini reklama qilishda foydalangan, deb xabar beradi “Auto.mail.ru”.

2 Cheynz taxallusi ostidagi Tauxid Epps ismli reper o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ertalab uyg‘onib uyining yonida “Sherp” yo‘ltanlamasiga duch kelganini yozib qoldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, 12-sentabr kuni 43 yoshga to‘ladigan reperga ushbu mashinani Uest tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a qilgan.

Mashinadagi peshlavhada “2 Cheynz uchun” deb yozilgan va Injildan iqtibos keltirilgan: “O‘z aql–idrokingga suyanma, butun qalbing bilan Egamizga ishon. Har ishingda Egamizni e’tirof et, shunda U yo‘llaringni to‘g‘rilaydi” (3-bob, 5-6 oyat).

Sherp Pro 44,3 ot kuchiga ega 1,5 litrli dizel dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Quvvat barcha g‘ildiraklarga uzatiladi.

Yo‘ltanlamas alyuminiy korpusga ega bo‘lib, og‘irligi 1300 kilogrammni tashkil etadi. Bir tonna yukni ko‘tarishga qodir mashina soatiga 2-3 litr yoqilg‘i sarflaydi. Sherp narxi 87 ming dollardan boshlanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют