» » Dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda foydasiz ekanligi ma’lum qilindi

Dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda foydasiz ekanligi ma’lum qilindi


Professor Ilmira Roziqova dezinfeksiya tunnellarining inson organizmiga zararli tomonlari haqida gapirdi. Shuningdek, u davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqarishini qayd etdi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati.

“Koronavirusga qarshi kurashilayotgan bir paytda, ko‘rilayotgan har bir chora-tadbirning foydaliligi, samaradorligini o‘rganish ahamiyatli.

Lekin profilaktika maqsadida qo‘llanadigan ayrim choralar samarasiz ekani, ularning salbiy oqibatlari ko‘proqligini vaqt ko‘rsatib qo‘ymoqda.

Shunday choralardan biri—dezinfeksiya tunnellari. Hozirda bunday tunnellar deyarli har bir tashkilot, xususan, umumiy ovqatlanish obyektlari, aeroport, temir yo‘l vokzallari, bozorlar, savdo markazlari kabi qator muassasa binolari oldida o‘rnatilgan. Hatto kirish yo‘laklarining boshqa qismlari qizil lentalar bilan o‘ralib, odamlarga shu tunnel orqali o‘tishdan boshqa yo‘l qoldirilmagan”, – deydi Ilmira Roziqova.

Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqova bunday tunnellarning inson organizmi uchun zararli tomonlariga to‘xtalib o‘tgan.

“Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o‘tkazdi. Amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko‘proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Shuni aytish lozimki, buning samarasi hanuzgacha isbotlanmagan”, — degan mutaxassis.

Shuningdek, olima dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda ko‘p yillardan beri ishlatilishini va uning inson organizmiga xatarli ta’siri juda kuchli ekanini ta’kidlangan.

SSV xabarida kun davomida ishlab turgan tunneldan bir kishi qayta-qayta o‘tishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligi, davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi qayd etilgan.

Allergolog Ilmira Roziqova buning asoratlari o‘ta xavfli tus olib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Roziqovaning aytishicha, bu yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan holatlarni chaqirishi mumkin. Oqibatda insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va hatto og‘ir kasallik hisoblanuvchi – bronxial astma kasalliklari kelib chiqadi.

“Maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi ko‘tarilganida, bolalarning sog‘ligiga salbiy ta’sirlarni inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini o‘rnatish qat’iyan man etilishini ta’kidlagan”, —deyiladi xabarda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bunday tunnellarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirgan.

“Dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatilishi shart emas deb hisoblaymiz. Hozirda bunday noto‘g‘ri profilaktika ko‘z konyuktivasi va yuqori nafas a’zolarining allergik shikastlanishiga sabab bo‘lmoqda. Tunnellar o‘rniga kirish joylarida o‘zaro masofani saqlash, isitmani o‘lchash va qo‘llarga antiseptik bilan ishlov berish yo‘lga qo‘yilgani maqsadga muvofiq”, — deydi allergolog.

Avval Germaniyaning yetakchi virusologlaridan biri, Bonn universiteti Virusologiya va OIVni tadqiq qilish instituti direktori, professor Hendrik Shtrik dezinfeksiyalash uchun mo‘ljallangan tunnellar COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qila olmasligi, ammo ular rotavirus va boshqa kontaktli infeksiyalardan himoya qilishini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют