» » Quloq shangillashi qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?

Quloq shangillashi qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?


Qaysi quloq qiziyapti, ongmi yoki chap? barcha uchun malum bolgan hazil ibora. Hazil oz ornida, albatta. Ammo quloqlardagi shangillash hech qanday sababsiz, muntazam ravishda takrorlanib, uzoq vaqtgacha tark etmasa bu nimani anglatishi mumkin?

Tinnitus nima?

Tinnitus boshning ichki qismidan chiqadigan hushtak, shovqin, shangillash, xirillash va shu kabi boshqa tovushlarning rasmiy nomi. Doimiy charchoq, stress, yuqumli kasalliklar yoki uzoq vaqt davomida juda baland tovush tasirida bolgan insonlar vaqti-vaqti bilan bunday holatga duch keladi.

Tinnitus vaqtincha yoki surunkali bolishi mumkin. Agar vaqtinchalik bolsa, deyarli zararsiz hisoblanadi. Masalan, konsert, pirotexnika va boshqa baland tovushlar hisi bir qancha vaqt paydo bolishi mumkin, lekin juda tez otib ketadi.

Surunkali tinnitus qayta-qayta takrorlanadi, shuningdek, davomiyligi ham uzoq vaqtni tashkil etib, qoshimcha alomatlar bilan birga bolishi mumkin. Masalan, eshitish qobiliyatining pasayishi yoki umuman yoqolishi kabilar.

Qaysi hollarda xavfli?

Agar shovqin yoki tinnitus qayta takrorlanib tursa, shifokor korigidan otish zarur. U paydo bolishining eng kop tarqalgan sabablaridan biri oltingugurt tushishi yoki quloq kanalida boshqa bir tosiqlar paydo bolishidadir. Bunday hollarda oltingugurt yoki begona narsalarning yalliglanish jarayoniga olib kelmaslik uchun quloqni oz vaqtida yuvish muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, shovqin faqat bitta quloqda sezilsa, eshitish qobiliyati susaysa va bosh aylanish belgilari kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Tosatdan paydo bolgan tinnitus yana nimadan ogohlantirishi mumkin?

Bunga gipertireoz, anemiya va bosh jarohati sabab bolishi mumkin. Quloqni bezovta qiladigan tinnitus bazi hollarda quloq va miya orasidagi asabga tasir qiluvchi osmaning belgisi ham bolishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (6-09-2020, 21:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -