Moliya vaziri Timur Ishmetov Sirdaryoga ajratilgan mablag‘larning hali yarmi ham ishlatilmaganini ma’lum qildi
Moliya vaziri Temur Ishmetov Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv omborida sodir bo‘lgan toshqindan talafot ko‘rgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlariga yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun 2020-yilda 1 trillion 432 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bergan.
“Ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun 950 milliard so‘m, avtomobil yo‘llari va ko‘priklar qurilishi uchun 268 milliard so‘m, ijtimoiy soha obyektlariga 84 milliard so‘m va oqova suv inshootlari uchun 129 milliard so‘m ajratilgan.
Bundan tashqari yana mablag‘lar zarur bo‘lsa, Moliya vazirligi tomonidan ularning ajratilishi yuzasidan chora-tadbirlar hech qanday muammosiz ta’minlab beriladi”, — deya videokonferensaloqa orqali Senatning Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida ma’lumot bergan O‘zbekiston moliya vaziri.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz