» » Millatlar Ligasi. Ispaniya Ukrainaga javobsiz 4 ta gol urdi, Germaniya yana g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Millatlar Ligasi. Ispaniya Ukrainaga javobsiz 4 ta gol urdi, Germaniya yana g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan 6-sentabr, yakshanba kungi o‘yinlar o‘z yakuniga yetdi.

Ispaniya terma jamoasi o‘z uyida Ukrainani qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ispanlar ilk daqiqalardayoq penalti ishlab oldi, uni Serxio Ramos muvaffaqiyatli bajardi. 29-daqiqada Ramos boshi bilan ukrainlar darvozasini ishg‘ol etgan holda, dublini nishonladi.

Oradan uch daqiqa o‘tib Ansu Fati uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, Ispaniya terma jamoasi safidagi debyut golini urdi. 84-daqiqada Ferran Torres ispanlarning to‘rtinchi golini urdi.

Parallel kechgan uchrashuvda Germaniya terma jamoasi Shveysariyaga qarshi bahs yuritdi. 14-daqiqada Ilkay Gundo‘g‘an jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg‘ol qildi. Bunga maydon egalari 58-daqiqada Silvan Vidmerning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa nemislar musobaqadagi g‘alabasiz yurishini davom ettirdi. A Liga 4-guruhida 2-turdan keyin Ispaniya 4 ochko bilan peshqadamga aylandi. Ukraina (3) ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Germaniya (2) va Shveysariya (1) keyingi pog‘onalarni band etgan.

UEFA Millatlar Ligasi

2-tur bahslari

6-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 3, penalti Ramos, 2:0 – 29 Ramos, 3:0 – 32 Fati, 4:0 – 84 Ferran Torres.

Ispaniya: De Xea, Regilon, Ramos (Erik Garsiya, 61), Navas, Pau Torres, Merino, Tiago Alkantara, Olmo, Rodri (Oskar Rodriges, 69), Fati, Xerar Moreno (Ferran Torres, 74).

Ukraina: Pyatov, Krivsov, Matviyenko, Timchik, Zinchenko, Malinovskiy, Mixaylichenko, Marlos (Sigankov, 56), Xaratin (Sidorchuk, 63), Yarmolenko (Kovalenko, 79), Yaremchuk.

Ogohlantirishlar: Rodri (37), Malinovskiy (77), Kovalenko (90).

Gollar: 0:1 – 14 Gyundogan, 1:1 – 57 Vidmer.

Shveysariya: Zommer, Vidmer, Benito, Elvedi, Akanji, Jaka, Sou (Ebisher, 80), Shteffen, Rodriges (Suber, 64), Seferovich, Embolo (Vargas, 73).

Germaniya: Leno, Kerer, Zyule (Ta, 62), Ryudiger, Gozens (Jan, 78), Draksler, Kroos, Sane (Brandt, 46), Gundo‘g‘an, Ginter, Verner.

Ogohlantirishlar: Zyule (30), Shteffen (49).

Gollar: 1:0 – 15 Nvoko, 1:1 – 25, avtogol Giyome.

Gollar: 0:1 – 2 Limnios, 0:2 – 51 Siovas, 1:2 – 82 Berisha.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 01:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют