» » Buxoroda koronavirusga chalingan fuqaroga kompensatsiya puli to‘g‘irlab berish evaziga 200 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Buxoroda koronavirusga chalingan fuqaroga kompensatsiya puli to‘g‘irlab berish evaziga 200 dollar talab qilgan shaxs ushlandi


Buxoroda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaroga kompensatsiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.T. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, o‘zini yuqori turuvchi davlat tashkilotida ishlashini aytib, undan koronavirus infeksiyasiga chalingan opasi G.F.ga tanishlari orqali 40 million so‘m kompensatsiya puli tayinlatib berish evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda G.T. fuqaro U.dan 2000 AQSh dollari va fuqaro M.dan 750 AQSh dollarini olib, ularni “Lukoyl” kompaniyasiga ishga joylashtirishni va’da qilib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Samarqandda fuqaroga kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 5 ta xonadonni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют