» » Habib Nurmagomedov: Meni Konor Makgregor bilan revansh jangi mutlaqo qiziqtirmaydi

Habib Nurmagomedov: Meni Konor Makgregor bilan revansh jangi mutlaqo qiziqtirmaydi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan revansh jangi haqida gapirdi.

Bu men uchun mutlaqo qiziq emas. Albatta, qandaydir ehtimollik darajasi bor. Oldinda meni jang kutmoqda. Raqibim kuchli va faol. Makgregor haqida o‘ylamayman ham. Bajarishim kerak bo‘lgan hamma narsani 2018-yil 6-oktabrda qilganman. Atrofdagilarning nima deyayotgani menga umuman qiziq emas. To‘r ichida raqib sifatida u menga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmasligini isbotlaganman.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Qayd etish joiz, Nurmagomedov UFC 254 musobaqasida amerikalik Jastin Getji bilan to‘qnash keladi. Jang 24-oktabr sanasiga belgilangan.

Habib va Makgregor o‘rtasidagi to‘qnashuv 2018-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda rossiyalik sportchi to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usulini muvaffaqiyatli qo‘llab, yengil vazn toifasida UFC kamarini himoya qilgandi.

Habib va Konor o‘rtasidagi jangni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют