» » Xosiyat Husanova: Fathulla Masudovning vafot etishini bilganimda tiz chokib kechirim sorardim

Xosiyat Husanova: Fathulla Masudovning vafot etishini bilganimda tiz chokib kechirim sorardim


Ozbekistonda xizmat korsatgan artist, taniqli aktyor Fathulla Masudov 30-avgust kuni 57 yoshidaolamdan otdi. Ozbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Xosiyat Husanova Fathulla Masudovni yodga oldi hamda qalbini kemirayotgan armonlari haqida sozlab berdi.

Rahbarlik paytida kop qiynagan paytlarim bolgan. Ozlari siqilib yurgan bolsalar ham, ishlari kop bolsa ham men erkalik qildim, urishdim, sokdim. Masalan, kamchiligimni yuzimga aytsa, men haqman, deb. Shuni ham kotardilar. Fathulla akamdan kechirim soragan bolardim. Ular teatrga rahbar bolmaslaridan oldin sochlari bunchalik oqarmagan edi yosh edi. Hamisha yosh yigitlar rolini oynab keldilar. Lekin rahbar bolganlaridan keyin sochlari tez oqarib ketdi. Kecha-yu kunduz ishladilar. Tinmadilar, yana ijodni toxtatmadilar, hamma narsaga ulgurardilar. Ozlariga sochingiz oqarib ketibdi, mana shu sochingiz oqarishida mening ham hissam bor, meni kechiring, deb aytib olganman. Lekin hazil-huzul qilib aytganman. Vafot etishlarini bilganimda boshqacha sorardim tiz chokib soragan bolardim. Bebaho inson edilar. Ilohim, joylari jannatdan bolsin!, deydi aktrisa.

Hech kim oylamadi, Abdurayim akam bilan Fathulla akam haqida hech kim oylamadi, xayolimizga kelmadi. Birdaniga bolgani uchun hammamiz siqilib qoldik. Doim kayfiyatim yaxshi edi, yaxshi yurardim, bir haftaning ichida konglim chokib qoldi. Endi buni Ollohga shirk keltirish deyishadi. Bekam-u kostman: yeganim oldimda, yemaganim ortimda, oilam tinch, bolalarim sog, hamma narsam yetarli, lekin tushkunlikka tushib qoldim. Kecha otirib oyladim, nega bunday bolyapti, deb. Keyin obdan oylab, mana shu teatrimizdagi ketma-ket olimlar buning sababi, deb ozimga tashxis qoydim.

Kelib rolimizni oynab ketaverarkanmiz, unday, bunday deymiz. Bazan urishamiz, bazan quchoqlab opishamiz. Lekin teatrdagilar hammamiz bitta oila ekanmiz. Ha, anavi otib qolibdi, joyi jannatdan bolsin deb ketaveramiz, taziyasiga borasiz, unutasiz boldi. Lekin bu olimlarni bir-ikki kunda unuta olmayapmiz-da. Chunki biz uchun oila azomizdek, jigardek qadrdon bolib qolishgan ekan. Hamkasblar bir-birimizga shunday ekanmiz. Shuni endi bildik, deydi Xosiyat Husanova.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (7-09-2020, 15:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -