» » Rossiyada chet elliklarga o‘z uylarida migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi

Rossiyada chet elliklarga o‘z uylarida migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi


7-sentabrdan Rossiyada chet elliklar boshqa chet el fuqarolarini o‘zlarining kvartiralarida ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bu boradagi tegishli qonun Rossiya huquqiy ma’lumotlar rasmiy portalida e’lon qilingan.

Bunga qadar chet elliklar o‘zlarining kvartiralarida faqat o‘zlarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan. Bunda yaqin qarindoshlarini yashash joylarida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgan yuqori malakali mutaxassislar uchun istisnolar mavjud bo‘lgan.

Endi Rossiyada uy-joyi bo‘lgan chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uni boshqa chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash uchun taqdim etishi mumkin.

Chet el fuqarosi kelishi to‘g‘risida bildirishnomani kelgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida topshirishi kerak. Chet el fuqarosi mehmonxonada, sanatoriyda, tibbiy muassasada yoki yashash joyi bo‘lmagan odamlar uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotda bo‘lganida, navbatchilik asosida ishlasa yoki maxsus muassasada ma’muriy jazoni o‘tayotgan bo‘lsa, yuqoridagi holatlar amal qilmaydi.

Ushbu qoida chet elda yashovchi shaxslar va ularning oila a’zolarini Rossiyaga ixtiyoriy ravishda ko‘chirishga ko‘maklashish davlat dasturining ishtirokchilari bo‘lgan chet elliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ularga yashash joyida 30 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmaslikka ruxsat beriladi. Umumiy shartlar keyinchalik ularga ham tegishli bo‘ladi.

“Rossiyadagi barcha chet elliklar uchun shaxsiy kabineti bo‘ladigan yagona axborot platformasi yaratiladi. Ushbu platforma yordamida migrantlar davlat xizmatlaridan foydalanishi, rasmiy organlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi va mobil ilova orqali axborotlarni olishi mumkin bo‘ladi”, — deb xabar qilgandi mamlakat IIV avgust oxirlarida.

Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenovning ta’kidlashicha, migrantlar ko‘pincha patentlarni yangilashni yoki o‘z migratsiya hisobini uzaytirishni unutishadi, shu sababli ular o‘z xohishiga qarshi noqonuniy muhojirlarga aylanib qoladi. Uning fikriga ko‘ra, o‘chirilmaydigan bildirishnomalarga ega ilova ushbu muammoni hal qilishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda mehnat migrantlari haqidagi ma’lumotlar yagona bazada jamlanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют