» » O‘zbekistonda chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi


Vazirlar Mahkamasining 7-noyabrdagi qarori bilan chet ellik turistlarning O‘zbekistonga kirishi va bo‘lib turishi tartibini osonlashtirish yuzasidan qator hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, chet el fuqarolarining faktik hisobdan o‘tganini tekshirish endi ichki ishlar organlari tomonidan elektron avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Turistik operatorlar tomonidan taqdim etilgan turistlarning elektron ro‘yxatlari (pasport ma’lumotlari, harakat yo‘nalishlari sxemalari, to‘xtash joylari bilan birga) vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi. Bunda safarlar:

- gid yoki kuzatuvchi hamrohligida o‘tadigan, turoperator tomonidan aholi yashash punktlari tashqarisida tashkil etilgan turlar doirasida (agar uning muddati o‘n sutkadan oshmasa);

- chet elliklar tomonidan shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turoperatordan xarid qilingan avtotur doirasida amalga oshirilishi lozim.

Agar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi yo‘q shaxs O‘zbekistonga turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldinroq kelsa, u TIVning davlat chegarasidan o‘tkazish punktidagi konsullik byurosiga murojaat qilib, vizasiga tegishli o‘zgartirishni kiritishi mumkin.

Endilikda joylashuv vositalari qatoriga tunash joyi shaklida qayta jihozlangan yer usti transporti ham kiritiladi. Bunday boshpanada yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar umumiy tartibda bu haqda qabul qiluvchi tashkilotlarni yoki ularni taklif qilgan shaxslarni ogohlantirishi kerak.

Bunday shakldagi joylashuv uchun har kun uchun EKIHning 10 foizi miqdorida turistik yig‘im undiriladi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют