» » “Titanik” va “Avatar” filmlari rejissori Jeyms Kemeronning 25 million dollarlik uyiga sayohat (foto)

“Titanik” va “Avatar” filmlari rejissori Jeyms Kemeronning 25 million dollarlik uyiga sayohat (foto)


Gollivudning eng mashhur filmlaridan sanaladigan “Titanik” va “Avatar” rejissori Jeyms Kemeron ayni vaqtda “Avatar”ning davomini suratga olish uchun jamoasi bilan birga Yangi Zelandiyada. Hali yashil mamlakatni tark etish niyati bo‘lmagan ijodkor Malibu sohilidagi uyini sotuvga qo‘yishga chog‘langan, deb yozadi Hello Magazine.

Hududi 1500 kvadrat metrni tashkil qiladigan, birlashtirilgan ikkita binodan iborat uy narxi 25 million dollar etib belgilangan.

Kemeron uyining birinchi qismini 1989-yilda 3,5 millionga xarid qilgan va u yerda uchinchi rafiqasi Ketrin Bigelou bilan birga yashagan.

Binoning ikkinchi qismini beshinchi rafiqasi Syuzi Emis Kemeron bilan oila qurganidan keyin 2003-yilda sotib olgan.

11 ta yotoqxona, 10 ta yuvinish xonasi, mehmonxona va ovqatlanish xonasi bor uyda bundan tashqari 2 ta oshxona, hovuz va SPA-salon va 10 tadan ko‘p mashina qo‘yish uchun mo‘ljallangan garaj mavjud.

Uyni ijaraga olish uchun oyiga 4 ming dollar, yiliga esa 125 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют