» » SSV vakili dezinfeksiya tunnellaridan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidladi. Bir kun avval vazirlik bunday tunnellarni COVID-19’ga qarshi eng foydasiz chora deb e’lon qilgandi

SSV vakili dezinfeksiya tunnellaridan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidladi. Bir kun avval vazirlik bunday tunnellarni COVID-19’ga qarshi eng foydasiz chora deb e’lon qilgandi


Pandemiya davrida ko‘rilgan dezinfeksiya choralari natijasida O‘zbekistonda o‘tkir ichak yuqumli kasalliklarining tarqalishi kamaygan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi boshqarma boshlig‘i, epidemiolog Rustam Ikromov 7-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Rustam Ikromovning ta’kidlashicha, “dezinfeksion tunnellarning umumiy foydasi yo‘q deyish — bu [ularning ahamiyatini] juda oson baholash bilan barobar”. “U tunnellarni butunlay samarasiz, deb atashdan yiroq bo‘lardim”, — degan Ikromov, so‘ziga dalil sifatida o‘tkir ichak yuqumli kasalliklari bilan kasallanish hozirgacha 2019-yilga nisbatan 61 foizga, gepatit A bilan kasallanish esa 76 foizga kamayganligini keltirgan.

“Dezinfeksiya tunnellari butunlay samarasiz degan hech qanday rasmiy maqola yoki nufuzli idoralarning ko‘rsatmasi, yakuniy xulosalar berilgani yo‘q. Ayrim manbalarda bunday tunnellar samarasiz deb ko‘rsatilyapti, boshqa manbalarda esa uning yondosh yuqumli kasalliklarga nisbatan samarasi yuqoriligi ta’kidlanmoqda”, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi boshqarma boshlig‘i.

“Maktab va bog‘chalarda dezinfeksiya tunnellari o‘rnatilmasligiga sabab — bolalarning shilliq qavat pardalari katta odamlarnikiga nisbatan nozik va dezinfeksion eritmalarning ularga ta’siri kuchliroq. Ammo qolgan holatlarda, masalan, bozorlar, supermarketlar, savdo majmualariga kirish joylariga o‘rnatilgan tunnellarning zarari shu paytgacha hech qayerda isbotini topgani yo‘q. Biz bundan yordamchi vosita sifatida foydalanishni davom ettirishimiz kerak”, — dedi u.

Avvalroq 6-sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz chora ekanligi haqida xabar bergan edi. Vazirlik Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Ilmira Roziqovaning so‘zlariga tayanib, dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatish shart emasligi haqida yozgan edi.

Professor Roziqovaning so‘zlariga ko‘ra, dezinfeksiya tunnellari yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan holatlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida inson allergik rinit, konyuktivit, bronxit, bronxial astma kabi kasalliklarga chalinishi mumkin. “Hozirda bunday noto‘g‘ri profilaktika ko‘z konyuktivasi va yuqori nafas a’zolarining allergik shikastlanishiga sabab bo‘lmoqda”, — deya Roziqovaning so‘zlaridan iqtibos keltirgandi SSV.

Ma’lumot uchun, germaniyalik virusolog, Bonn universiteti Virusologiya va OIVni tadqiq qilish instituti direktori, professor Hendrik Shtrik dezinfeksiyalash uchun mo‘ljallangan tunnellar koronavirus infeksiyasidan himoya qila olmasligi, ammo ular rotavirus va boshqa kontaktli infeksiyalardan himoya qilishi mumkinligini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют