» » Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlandi

Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlandi


Namangan viloyatida 7-sentabr kuni 12 ta maktabda tajriba tariqasida ilk darslar boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mazkur darslarga jami 4,5 ming nafardan ortiq o‘quvchi keldi.

Har bir shahar-tumanda bittadan tanlangan maktabda buning uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. O‘quvchilarning tana haroratlari tekshirilib, qo‘llariga antiseptik vositalar yordamida ishlov berildi. Har ikki soatda niqob almashtirishlariga e’tibor qaratildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Namanganda 9-sentabr kuni yana 16 ta maktab faoliyatini boshlaydi. 11-sentabr kuni ularning soni 24 tani tashkil etadi. 14-sentabrdan esa viloyatdagi 705 ta maktabning barchasi ochilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, viloyatda 2020-yil 25—26-avgust kunlari o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ishtirok etgan 395 ming nafar o‘quvchining ota-onasi (80 foiz) farzandlari uchun an’anaviy o‘qish usulini tanlagan. 96 ming nafardan ortiq o‘quvchining ota-onasi esa (20 foiz) onlayn darslarni ma’qul deb topgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 6 oylik tanaffusdan so‘ng 329 ta maktab o‘z faoliyatini qayta boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют