» » Samarqandda giyohvand modda bilan qo‘lga tushgan o‘g‘lining ishini “yopish” uchun IIB xodimiga pora berishga uringan ayol qo‘lga olindi (video)

Samarqandda giyohvand modda bilan qo‘lga tushgan o‘g‘lining ishini “yopish” uchun IIB xodimiga pora berishga uringan ayol qo‘lga olindi (video)


Samarqandda giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatni ijobiy tomonga hal qilish evaziga IIO xodimiga pora bergan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26-avgust kuni Samarqand tumani Jinoyat-qidiruv bo‘limi tomonidan tuman hududida yashovchi fuqarolardan birining uyi ko‘zdan kechiriladi. Uydan bir dona rangsiz sellofan bo‘lakchasida qadoqlangan, og‘irligi 0,22 grammga teng gashish aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olinadi. Tadbir vaqtida fuqaro yashash uyidan qochib ketgan.

Shu kuni kechasi soat 19:00 larda IIB xodimining oldiga o‘zini gumonlanuvchining onasi deb tanishtirgan ayol kelib, o‘g‘lining xonadonidan giyohvandlik moddasi topilgani, bu ishni pul evaziga ijobiy hal qilib berishni so‘ragan. Buning evaziga ayol 3 ming AQSh dollar taklif qilgan.

IIB xodimi fuqaroning bu harakati noqonuniyligi, pora berish, olish, vositachilik qilish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, ayol 3 ming dollari miqdoridagi pulni soat 10:00 da olib kelishini aytib, chiqib ketgan.

IIB xodimi viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga bildirgi bilan murojaat qilib, yuqoridagi holatni bayon qilgan. Mazkur bildirgiga asosan 27-avgust kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol 4 ming dollarni pora tariqasida berayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Samarqandda YPX xodimiga 1,5 million so‘m pora bergan haydovchi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют