» » Samarqandda IIB xodimiga 7 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda IIB xodimiga 7 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Samarqandda jinoyatini yashirish evaziga IIB xodimiga 7 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 18-mart, chorshanba kuni, Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Paxtachi tumani “Zarafshon” mahallasida yashovchi fuqaro J.Z. xonadonidan tarkibida oltin moddasi bo‘lgan 30 qop ishlov berilmagan qum va qum yuvish uchun mo‘ljallangan 3 ta uskuna borligi aniqlangan.

Ushbu holatni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro J.Z. qilmishi fosh bo‘lmasligi evaziga Samarqand IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisiga 500 dollar pora taklif qiladi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.Z. IIB xodimiga jami 7 million so‘m pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlab yuborilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют