» » Qashqadaryoda 1000 dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 mln so‘m pul mukofoti berildi

Qashqadaryoda 1000 dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 mln so‘m pul mukofoti berildi


Qashqadaryoda 1000 dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 million so‘m pul mukofoti berildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Kasbi tumani “Xo‘jaxayron” mahallasida yashovchi 34 yoshli fuqaro S.X. yashash uyining somonxonasiga qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasini o‘rnatib, paxta chigitidan noqonuniy yog‘ va shrot yemi ishlab chiqargan. Mazkur noqonuniy holat IIB xodimlari tomonidan aniqlangach, S.X. o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilishni so‘raydi va tuman IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Alisher Muhammadiyevga 1000 dollar pora taklif qiladi.

Xodim 2020-yil 3-fevral kuni bu haqda tuman IIB boshlig‘iga ma’lum qilgach, bildirgiga asosan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Shu kuni soat 21:35 da IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani bo‘limi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. kelishilgan pulning 7,5 million so‘m va 200 dollarini berayotgan vaqtida qo‘lga olinadi. Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari yakunlanib, ish sudga oshirilgan.

“Kasbi tumani IIB xodimining ushbu xatti-harakati Qashqadaryo IIB boshlig‘i e’tiboridan chetda qolmagan holda xodimga 15 million so‘m pul mukofoti berildi”, — deydi Iroda Rasulova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют