» » Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi

Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi


Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Braziliyani ortda qoldirib, dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19’ga chalinganlar soni 4,2 million kishidan oshgan.

Uzoq vaqtdan beri kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgan Braziliyada esa ayni vaqtda kasallar soni 4,137 millionni tashkil etmoqda.

Hindistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha qayd etilayotgan sutkalik holat ham o‘sishda davom etmoqda. 6-sentabr kuni mamlakatda 90 ming kishida kasallik aniqlangan — bu pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich. Bir oy oldin Hindistonda har kuni taxminan 60 mingga yaqin odamda koronavirus qayd etilayotgan edi. Mamlakatda hozirga qadar 71 ming odam koronavirus oqibatida vafot etgan (o‘tgan bir sutkada — 1016 nafar bemor).

Hindiston aholisining zichiligi va kasallik episentri — Xitoyga yaqin bo‘lishiga qaramay, uzoq vaqtda yangi kasallanish holatlarini minimal darajada ushlab kelayotgandi. Mamlakatda bahordayoq qattiq karantin rejimi joriy etilgan. 20-may kuni Mumbay ko‘chalaridagi harakat pandemiyaga qadar bo‘lgan davrning 17 foiziga tushib ketgan. Taqqoslash uchun, Moskvada o‘sha vaqt ko‘chalardagi faollik 48 foizni tashkil etgan.

Mavzuga doir:

Hindistonda COVID-19’ga qarshi kurash bo‘yicha milliy chora-tadbirlarga ko‘ra jamoat joylarida va ish joyida tibbiy niqob taqish majburiy hisoblanadi.

Avval hindistonlik erkak koronavirusdan himoyalanish uchun o‘ziga 4 ming dollarga tilla niqob yasattirgani, Hindistonda kuyov o‘z to‘yida mehmonlarga koronavirus yuqtirib vafot etgani, Hindistonda yuzning yopiq qismi surati tushirilgan niqoblar ishlab chiqarila boshlagani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют