» » Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 26 mln nafardan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 26 mln nafardan oshdi


Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 26 million kishidan oshdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Bir oy ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 million kishidan oshgan: 3-avgust kuni 18 million kishida COVID-19 aniqlangan edi. O‘tgan oy davomida har 3—5 kunda million kishi kasallikka chalingan.

Koronavirusga chalinganlarning aksariyati AQShda qayd etilgan — 6,1 million. Uning ortidan Braziliya (3,9 million) va Hindiston (3,8 million) o‘rin olgan. Rossiya 1 million kasal bilan 4-o‘rinda ketmoqda.

Koronavirus bilan kasallanish eng ko‘p qayd etilgan davlatlar ketma-ketligi quyidagicha:

Hozirga qadar dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 863 ming kishini tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSh birinchilikda ketmoqda — 185,7 ming qurbon. Uning ortidan Braziliya (123,7 ming) va Hindiston (67,3 ming) o‘rin olgan.

Mavzuga doir: AQSh mamlakatda pandemiya tufayli yuzaga kelgan tushkunlik va umidsizlikka barham berish uchun 250 mln dollar sarflashga qaror qildi

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda 24 milliondan, 30-avgust kuni esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 25 million kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют