» » Aleksey Navalniy sun’iy koma holatidan chiqarildi

Aleksey Navalniy sun’iy koma holatidan chiqarildi


Berlindagi “Sharite” klinikasi shifokorlari rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyni tibbiy koma holatidan chiqardi va sekin-asta sun’iy nafas oldirish apparatidan ajratmoqda. Bu haqda klinika matbuot xizmatiga tayanib Meduza xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, Navalniy atrofdagilarning murojaatiga javob qaytarishni boshladi. Shifokorlar uning ahvoli yaxshilanganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 20-avgustdan buyon koma holatida edi. Uning ahvoli Tomsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan reys vaqtida og‘irlashib qolgan, samolyot favqulodda Omskka qo‘ngandi. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada o‘tkazdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelmoqda. Ularning gumon qilishicha, rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bo‘lishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgan va ketishiga ruxsat bermagan bo‘lishi mumkin.

“Sharite” klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun o‘tib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bo‘lgan modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют