» » Navalniy Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda zaharlanganidan keyin reysda qanday yordam berilgani ma’lum qilindi

Navalniy Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda zaharlanganidan keyin reysda qanday yordam berilgani ma’lum qilindi


“Rossiya BBC  xizmati” Navalniy Tomskdan Moskvaga uchayotgan S7 samolyotida zaharlanganidan keyin tez tibbiy xizmat Omsk kasalxonasiga olib ketishidan oldin unga qanday yordam berilganini bayon qildi.

Reys yo‘lovchisi Ilya Ageyevning ma’lum qilishicha, samolyot Tomskdan mahalliy vaqt bilan soat 08:01 da uchgan. Navalniy parvozning dastlabki yarim soatidayoq o‘zini yomon his qilgan. 08:30 da u hojatxonaga borgan va u yerda 20 daqiqa atrofida bo‘lgan. Soat 08:50 da Navalniyning tobi qochgani haqida styuardessalar xabar topgan. Ular ovoz kuchaytirgich orqali yo‘lovchilar orasida shifokor bormi, deb so‘ragan. Bort yo‘lovchilari orasida hamshira borligi aniqlangan. U Navalniyga tez yordam xizmati olib ketguncha hushida ushlab turishga yordam bergan, deb ma’lum qilgan S7 matbuot xizmati.

“Ekipaj e’lonidan bir muncha vaqt o‘tgach, Aleksey baqirib, ingray boshlagan. Unga haqiqatan ham og‘riyotgandi. U samolyotning dum qismidagi koridorda, bortkuzatuvchilar uchun xonada yerda yotardi. Aniq nimadir demasdi, faqat baqirardi”, — deya hikoya qilgan samolyotning orqa o‘rindiqlarida o‘tirgan yo‘lovchilardan bo‘lgan Sergey Nejenets.

Uning aytishicha, bortkuzatuvchilar va hamshira unga aynan nima qilishayotganini ko‘rmagan, lekin “Aleksey, ich”, “Aleksey, nafas ol” deb takrorlashganini eshitgan. Shuningdek, Nejenetsning taxminicha, Navalniyning oshqozonini yuvishgan: siyosatchiga ichishni taklif qilishgan, keyin esa qusishga o‘xshash ovoz eshitilgan. Ageyev Navalniyga osma ukol ham qilishgan deb taxmin qilgan, lekin S7 matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ularning reysida osma ukol yo‘q.

“Omskga qo‘nganimizdan so‘ng darhol shifokorlar guruhi (Omsk aeroporti sog‘liqni saqlash markazi) samolyotga kirishdi, mashina bizni kutib turgan edi. Ular Alekseyni ko‘zdan kechirdi va ‘Bu bizning holat emas, zudlik bilan reanimatsiya kerak’, deb aytdi”, — deydi Nejenets.

Omsk aeroporti sog‘liqni saqlash markazi boshlig‘i Vasiliy Sidorus ham Navalniy gapira olmaganini aytgan. Samolyot bortida oshqozoni yuvildimi degan savolga “Hamma narsa qilindi”, deb javob bergan.

“Navalniyni tez yordam olib ketib, samolyot qolgan yo‘lovchilar bilan Moskvaga qo‘nganidan keyin bortga politsiya xodimlari va fuqarolik kiyimidagi odamlar kirib keldi. Ular Navalniy o‘tirgan joydan bir necha qator yaqinda o‘tirgan yo‘lovchilardan qolishni so‘rab, qolganlariga ketishga ruxsat berdi”, — deydi Nejenets.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 20-avgustdan buyon koma holatida. Uning ahvoli Tomsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan reys vaqtida og‘irlashib qolgan, samolyot favqulodda Omskka qo‘ngandi. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada o‘tkazdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelmoqda. Ularning gumon qilishicha, rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bo‘lishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgan va ketishiga ruxsat bermagan bo‘lishi mumkin.

“Sharite” klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun o‘tib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bo‘lgan modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Germaniya hukumati Navalniy “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют