» » Ispaniya terma jamoasi golli seriya bo‘yicha futbol tarixidagi eng yaxshi 4-natijani qayd etdi

Ispaniya terma jamoasi golli seriya bo‘yicha futbol tarixidagi eng yaxshi 4-natijani qayd etdi


Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Ukrainani yirik hisobda mag‘lub etib (4:0), golli seriyasini davom ettirdi.

Ispanlarning golli seriyasi 2016-yildan buyon davom etmoqda va hozirgacha 42 ta o‘yinga yetdi. Bu futbol tarixidagi to‘rtinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Avvalroq jamoa bu borada shaxsiy rekordini yangilagandi.

Bu borada rekordchi Vengriya terma jamoasi hisoblanadi. Vengriya 1949—1957-yillar mobaynida ketma-ket 66 o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Keyingi o‘rindagi Angliyaning 1884—1901-yillar oralig‘idagi golli seriyasi 52 o‘yinni tashkil etadi. Uchinchi o‘rindan 1931—1937-yillarda 43 ta o‘yinda golli seriya qayd etgan Italiya joy olgan.

So‘nggi bor ispanlar 2016-yilgi Yevropa chempionatining 1/8 finalida Italiya terma jamoasi darvozasiga yo‘l topa olmagandi (0:2).

“Qizil furiya”ning keyingi o‘yini 7-oktabrda Portugaliyaga qarshi bo‘ladi. Bu o‘yin o‘rtoqlik maqomida o‘tkaziladi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют