» » Ispaniya terma jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi

Ispaniya terma jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi


Ispaniya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi 1-turi doirasida Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) milliy rekordni qayd etdi, deya xabar qilmoqda Opta.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalari o‘tib borayotgan bir onda Xose Gayya nemislar darvozasini ishg‘ol qilgan holda ispanlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 41 xalqaro o‘yindan buyon uchrashuvni golsiz tark etmayapti va bu “qizil furiya” uchun rekord natija hisoblanadi. So‘nggi bor ispanlar 2016-yilgi Yevropa chempionatining 1/8 finalida Italiya terma jamoasi darvozasiga yo‘l topa olmagandi (0:2).

Millatlar Ligasining 2-turida Ispaniya terma jamoasi Madriddagi “Alfredo di Stefano” o‘yingohida 6-sentabr kuni Ukrainani qabul qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют