» » Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner tarixiy natija qayd etdi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner tarixiy natija qayd etdi


Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner Millatlar Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi o‘yinda (1:1) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Verner 1994-yildan keyin Ispaniyaga qarshi rasmiy o‘yinlar doirasida gol urgan birinchi germaniyalik futbolchiga aylandi.

O‘shanda (oxirgi marta) Yurgen Klinsmann ispanlar darvozasini ishg‘ol etgandi. E’tiborlisi, o‘sha vaqtda Verner hali tug‘ilmagan ham edi. Shundan so‘ng jamoalar rasmiy o‘yinlar doirasida ikki marta to‘qnash kelgan. Yevro—2008 va JCh—2010 yarim finalida ispanlar nemislar ustidan bir xil 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot o‘rnida, 1996-yilda tug‘ilgan Timo Verner yangi mavsumni “Chelsi” safida boshlaydi. U 2019/20-yilgi mavsumda (“Leypsig” safida) Bundesliganing 34 uchrashuvida maydonga tushib, 28 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Timo Verner Yupp Haynkesning 46 yillik rekordini takrorladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют