» » Fil Foden va Meyson Grinvud Angliya terma jamoasidan chetlatildi

Fil Foden va Meyson Grinvud Angliya terma jamoasidan chetlatildi


“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden va “Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud Angliya terma jamoasining Millatlar Ligasi doirasida Daniyaga qarshi kechadigan o‘yinida ishtirok etmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinchilar Islandiyaga qarshi o‘yindan (1:0) keyin, 5-iyul tunida terma jamoa joylashgan mehmonxonaga qizlarni taklif qilgan va bu orqali karantin qoidalarini buzgan.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt yosh o‘yinchilar bu harakatidan keyin terma jamoa bilan Daniyaga yo‘l olmasligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” ham o‘yinchilarning bu harakatini qoralagan. “Shaharliklar” bayonotida bu kabi harakatlar “Manchester Siti” o‘yinchisiga xos emasligi aytilgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” Grinvudning bu qilig‘idan hayratda qolganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, har ikki futbolchi ham shanba kungi bahsda terma jamoa safida debyut o‘yinini o‘tkazgandi.

Ma’lumot uchun, Fodenning ikki yoshli o‘g‘li bor va o‘g‘lining onasi bilan uzoq yillardan buyon birga. Grinvud esa may oyida qaylig‘i bilan munosabatni uzgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют