» » Yevrosiyo iqtisodiy kengashi komissiyasi O‘zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqdi

Yevrosiyo iqtisodiy kengashi komissiyasi O‘zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqdi


Yevrosiyo iqtisodiy kengashi komissiyasi 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining O‘zbekistonga YeII kuzatuvchi davlati maqomini berish haqidagi qarori loyihasini ko‘rib chiqdi. Yakuniy qaror Ittifoq davlatlarining rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda komissiya tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, avvalroq O‘zbekiston prezidenti ayni paytda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi raisi bo‘lib turgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkodan O‘zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2016—2019-yillarda O‘zbekistonning ittifoq davlatlari bilan savdo aylanmasi 60 foizga oshib, 8,4 milliard dollarga yetgan. Hozirgi paytda O‘zbekistonning YeII davlatlari bilan tashqi savdo ulushi 30 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti esa 75 foizni tashkil qiladi.

YeII to‘g‘risidagi shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi davlat vakillari taklifga asosan Ittifoq organlarining yig‘ilishlarida qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqisiz qatnashishi va qabul qilinayotgan maxfiy xarakterga ega bo‘lmagan hujjatlarni olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shilishi haqidagi qaror 2020-yilning 28-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan, 11-may kuni Senat tomonidan ma’qullangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют