» » O‘zbekistonda kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistonda kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi


“Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasining tizimiga o‘tkazildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda – Kadastr agentligi) tashkil etildi.

Quyidagilar Kadastr agentligining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:

b) geodeziya va kartografiya sohasida:

v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:

g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

d) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.

“Kadastr idorasining asosiy vazifasi – davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi 21 ta davlat kadastrining to‘liq va ishonchli yuritilishini ta’minlash. O‘zbekistondagi barcha yerlar, ularning ostida va ustida qanday obyektlar borligi haqida yagona bazani shakllantirish. Soliq idoralari mazkur bazaning to‘liq yuritilishidan manfaatdor. Chunki har qanday obyekt u yoki bu ma’noda soliq solish obyekti hisoblanadi. Uning soliq solish obyektiga kirmasligini, masalan, tarixiy-madaniy obyekt, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud ekanligini tasdiqlash uchun ham kadastr ma’lumotlari kerak bo‘ladi.

Yerlar, bino va inshootlar, boshqa kadastr obyektlarining haqiqiy hisobini bilish uchun kadastr va soliq idoralarining resurslarini birlashtirish kerak, ularning axborot tizimlarini integratsiya qilish lozim.

Oradan yana yillar o‘tib, barcha obyektlar hisobi yuritilgach, sun’iy yo‘ldosh orqali har bir o‘zgarishni darhol aniqlash imkoniyati yaratilishi, barcha davlat organlarining axborot tizimlari real vaqt rejimida bir-biri bilan axborot almashishni boshlagach kadastr va soliq organlari yana o‘z mustaqil yo‘nalishlarida faoliyatlarini davom ettirishishi mumkin. Lekin hozirgi bosqichda bu ikki idora faoliyatini birgalikda olib borishi davlat, jamiyat, soliq to‘lovchilar va mulkdorlar uchun faqat foyda, qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, bunga hech qanday shubha yo‘q”, – deyiladi Davyergeodezkadastr xabarida.

2020-yil iyun oyida Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida vakolatli tashkilotlar tomonidan “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkalarini olish uchun xulosa berishda 2,3 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

17-iyul kuni “Davyergeodezkadastr” tizimidagi 9 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, keyinchalik 24-iyulda 15 kun davomida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimidagi 34 nafar rahbar va xodim lavozimidan bo‘shatilgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 02:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют